AI reklama — sun'iy intellekt bilan reklama video va roliklar
AI reklama — sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan reklama video. DublX'da reklama roligini yaratish uchun studiya, operator va montajchi kerak emas: mahsulot suratini yuklaysiz va taklifingizni yozasiz — narx, chegirma yoki yetkazib berish. AI ssenariy yozadi, sahnalarni yaratadi, ekran matni, musiqa va diktor ovozini qo'shadi. Oddiy klip 10 soniya va 15 000 so'm, ssenariyli premium reklama 10–15 soniya; dastlabki 3 ta klip bepul, to'lov faqat saqlangan klip uchun.

Studiyadan arzon va tez
Toshkentdagi studiyalar e'lonlarida reklama roligi odatda 2 mln so'mdan, frilanserlarda 150–200 ming so'mdan boshlanadi va bir necha kun oladi. DublX'da klip 15 000 so'm va bir necha daqiqa.
Ssenariyni siz tasdiqlaysiz
Premium reklamada AI ssenariyni sahnama-sahna yozadi: kadrlar, ekran matni va yakuniy kadr. Uni o'qib, tasdiqlaysiz yoki qayta yozdirasiz — pul faqat tasdiqlagandan keyin band qilinadi.
Hook variantlari
Tayyor reklamaning birinchi soniyalarini (hook) bir nechta variantda qayta yasang va qaysi biri ko'proq e'tibor tortishini sinab ko'ring.
UGC — bloger uslubida
Bloger mahsulotni ko'rsatib gapiradigan, telefonda olingandek ko'rinadigan 10–30 soniyalik UGC reklama.
O'zbekcha matn va ovoz
Ekrandagi matn va diktor ovozi o'zbek, rus yoki ingliz tilida, subtitrlar bilan. Narx va shartlar matnda aynan siz yozgandek qoladi.
Qanday ishlaydi
- 1
Surat va brif
Mahsulot suratini yuklaysiz va nima reklama qilinishini bir-ikki jumlada yozasiz — o'zbek yoki rus tilida.
- 2
Kadrni tasdiqlaysiz
DublX avval bitta kadr tayyorlaydi. Yoqmasa — boshqasini so'raysiz; bu arzon va tez.
- 3
Qoralamani tanlaysiz
Kadrdan bir nechta video qoralama tayyorlanadi, siz eng yaxshisini tanlaysiz. Qoralamalar narxga kiradi.
- 4
Saqlaysiz va joylaysiz
Tayyor klipni yuklab olib Uzum, Instagram yoki Telegram'ga joylaysiz. To'lov faqat saqlangan klip uchun.
Ko'p beriladigan savollar
AI reklama nima?
Sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan reklama: video, rasm yoki matn. DublX mahsulot suratidan tayyor reklama video yasaydi — ssenariy, sahnalar, matn, musiqa va ovoz bilan.
Reklama roligi yaratish qancha turadi?
Standard (720p) klip 15 000 so'm, Premium (2K) klip 45 000 so'm, qoralamalar narxga kiradi. Premium reklama narxi ssenariyni tasdiqlashdan oldin ko'rsatiladi. Dastlabki 3 ta klip bepul, rad etilgan klip uchun to'lov yo'q.
AI reklamani qayerga joylash mumkin?
Instagram Reels va Stories, TikTok, YouTube Shorts va Telegram kanallariga — 9:16 vertikal formatda. Lenta uchun 4:5 va 1:1, YouTube uchun 16:9 ham bor.
Reklama matnini o'zim yozishim kerakmi?
Yo'q. Nima sotayotganingizni va taklifingizni bir-ikki jumlada yozasiz, qolgan matnni AI yozadi. Brif yordamchisi qisqa savollar bilan yozishga ham yordam beradi.
Mahsulot reklamada o'zgarib qolmaydimi?
Video sizning suratingizdan yasaladi va avval kadrni ko'rib tasdiqlaysiz. Natija yoqmasa, rad etasiz va pul to'lamaysiz.