Maxfiylik siyosati
Oxirgi tahrir: 2026-yil 22-oktyabr
DublX beta sinovida. Xizmat rivojlangani sari bu siyosat ham yangilanadi; muhim o'zgarishlar haqida oldindan xabar beramiz.
1. Bu hujjat nima haqida
DublX (dublx.uz va app.dublx.uz) — suratdan va qisqa tavsifdan reklama roliklarini tayyorlaydigan xizmat. Bu siyosat qaysi ma'lumotlaringizni yig'ishimiz, nima uchun ishlatishimiz, qayerda va qancha saqlashimiz hamda sizning huquqlaringizni tushuntiradi.
Savollar va so'rovlar uchun: [email protected].
Shaxsga doir ma'lumotlarga O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq ishlov beramiz.
2. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
- Hisob: email, ism (agar kiritsangiz), parol — faqat qaytarib bo'lmaydigan xesh ko'rinishida. Google yoki Telegram orqali kirsangiz — ularning hisob identifikatori, email yoki foydalanuvchi nomi.
- Siz yuklagan va yaratgan narsalar: mahsulot suratlari, logotiplar, reklama tavsiflari (brif), ovoz va matn sozlamalari, tayyorlangan kadrlar va videolar.
- Hamyon va to'lovlar: balans, to'ldirishlar va yechimlar tarixi. Kompaniya hisobi uchun — nomi, STIR, yuridik manzili.
- Texnik ma'lumotlar: IP manzil, brauzer va qurilma turi (faol seanslar ro'yxati va xavfsizlik uchun), xatoliklar jurnali.
3. Nima uchun ishlatamiz
- Xizmatni ko'rsatish: hisobingizga kirish, reklamalaringizni tayyorlash va saqlash.
- Hisob-kitob: narxni band qilish, saqlangan kliplar uchun pul yechish, qaytarishlar.
- Xavfsizlik: firibgarlik va suiiste'mollikning oldini olish, kirish urinishlarini cheklash, kontentni moderatsiya qilish.
- Siz bilan aloqa: parolni tiklash va xizmatga oid xabarlar.
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida boshqalarga bermaymiz. Suratlaringiz va brif matnlaringizdan DublX o'z modellarini o'qitish uchun foydalanmaydi.
4. Kimlar bilan ulashamiz
- Sun'iy intellekt hamkorlari: reklamangizni tayyorlash uchun surat va brif kerakli qismi O'zbekistondan tashqaridagi (AQSh, Yevropa Ittifoqi) tasvir, video va ovoz modellariga yuboriladi. Ular faqat sizning buyurtmangizni bajarish uchun ishlov beradi.
- Cloudflare: sayt va ilovani yetkazib berish hamda hujumlardan himoyalash.
- Google va Telegram: faqat ular orqali kirishni tanlasangiz.
- Davlat organlari: faqat qonunda belgilangan hollarda.
5. Qayerda va qancha saqlaymiz
- Qoralama videolar — 7 kun; tayyor kliplar va yuklangan fayllar — 90 kun; keyin avtomatik o'chiriladi.
- Hisob ma'lumotlari va to'lovlar tarixi — hisobingiz yopilguncha, to'lov yozuvlari esa qonun talab qilgan muddatgacha.
- Kirish seansi — ko'pi bilan 90 kun; parolni tiklash havolasi — 30 daqiqa.
Ma'lumotlaringiz Toshkentdagi (O'zbekiston) serverlarda saqlanadi.
6. Cookie va brauzer xotirasi
- vg_refresh — kirishni saqlab turuvchi zarur cookie (HttpOnly, faqat HTTPS orqali, ko'pi bilan 90 kun). Usiz hisobga kirib bo'lmaydi.
- Brauzer xotirasi (localStorage): til, mavzu (qorong'i/yorug'), cookie bo'yicha tanlovingiz va kirishdan oldin yozgan brifingiz.
- Google orqali kirish tugmasidan foydalansangiz, Google o'z cookie fayllarini o'rnatishi mumkin.
- Hozircha analitika va reklama cookie fayllaridan foydalanmaymiz. Kelajakda qo'shilsa, ular faqat sizning roziligingiz bilan yoqiladi; tanlovni istalgan vaqt sahifa pastidagi «Cookie sozlamalari» orqali o'zgartirishingiz mumkin.
7. Sizning huquqlaringiz
Siz ma'lumotlaringiz haqida ma'lumot olish, ularni tuzatish yoki o'chirish, roziligingizni qaytarib olish huquqiga egasiz. So'rovni [email protected] manziliga yuboring — 30 kun ichida javob beramiz. Hisobingizdagi ism, parol va faol seanslarni «Hisob» sahifasida o'zingiz boshqarishingiz mumkin.
8. Xavfsizlik
Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi, parollar faqat xesh ko'rinishida saqlanadi, fayllarga faqat muddati cheklangan imzolangan havolalar orqali kirish mumkin.
9. Bolalar
DublX biznes uchun xizmat va 18 yoshdan kichiklarga mo'ljallanmagan.